Suniy intellekt
Shaxsiy AI yordamchi: maslahat beradi, sizning nomingizdan xabar yuboradi, uchrashuvlarni rejalashtiradi va onlayn efir tashkil qiladi.
Talked: chat, Reels, video qo'ng'iroqlar va shaxsiy sun'iy intellekt yordamchi bir ilovada. Xavfsiz, avtomatik tarjimon bilan, o'zbek tilida.


Suhbatlashish, video ko'rish va kundalik ishlarni AI yordamchiga topshirish: hammasi Talked ichida.
Shaxsiy AI yordamchi: maslahat beradi, sizning nomingizdan xabar yuboradi, uchrashuvlarni rejalashtiradi va onlayn efir tashkil qiladi.
Suhbatdosh boshqa tilda yozsa ham, xabar darrov o'zingiz tushunadigan tilda ko'rinadi.
Kanallarda joylangan videolar YouTube kabi uzluksiz lentada. Ko'ring, yoqtiring, izoh qoldiring.
Chatlaringiz yuqori darajada himoyalangan. Faol qurilmalar va maxfiylikni o'zingiz boshqarasiz.
Ovozli, foto va video xabarlar hamda sifatli video qo'ng'iroqlar bir tugma bosilganda.
Eng yaxshi kanallar va foydali botlarni topib, o'z lentangizni shakllantiring.
Onlayn efir o'tkazing yoki uchrashuv belgilang, AI yordamchi eslatib turadi.





Xabarlar telefoningizda shifrlanadi va faqat suhbatdoshingiz telefonida ochiladi. Oradagi server faqat tushunarsiz shifrni ko'radi.
a9F3·e71C·0bD4·9f2A·c8E1
Mazmunni ko'ra olmaydi
Xabarlar va fayllar uchun sinovdan o'tgan shifrlash; guruhlarda Sender Keys.
Ovozli va video qo'ng'iroqlar WebRTC (DTLS-SRTP) orqali.
Telefondagi ma'lumotlar bazasi ham SQLCipher bilan shifrlangan.
Ro'yxatdan o'tish uchun email yetarli; kontaktlar va joylashuv so'ralmaydi.
App Store yoki Google Play'dan Talked'ni o'rnating.
Email manzilingizni kiriting va unga kelgan 5 xonali kodni tasdiqlang. Telefon raqami kerak emas.
Do'stlaringizni @username orqali toping va xavfsiz yozishmani boshlang.
Yo'q. Shaxsiy va guruh xabarlari, fayllar va qo'ng'iroqlar uchidan-uchiga shifrlangan: kalitlar faqat sizning qurilmalaringizda turadi, server esa faqat shifrlangan ma'lumotni yetkazadi.
Yo'q. Email manzil va parol yetarli. Telefon raqamingiz, kontaktlar kitobingiz va joylashuvingiz so'ralmaydi.
Faqat siz o'zingiz tanlab yuborgan matnni va faqat roziligingizdan keyin. AI funksiyalari ixtiyoriy, rozilikni Profil → Sun'iy intellekt bo'limida qaytarib olasiz.
Ilova o'zbek, rus va ingliz tillarida. Avtomatik tarjimon esa suhbatdoshingiz boshqa tilda yozgan xabarni siz tushunadigan tilda ko'rsatadi.
Ha. Xabarlar barcha qurilmalaringizga shifrlangan holda yetkaziladi. Ularni Profil → Xavfsizlik → Faol qurilmalar bo'limida boshqarasiz.
Ilovaning o'zidan. Barcha qurilmalar darhol chiqariladi, 30 kundan so'ng ma'lumotlar butunlay o'chiriladi. Shu muddat ichida qayta kirsangiz, o'chirish bekor qilinadi. Batafsil — Maxfiylik siyosatida.
O'zbek, Rus va Ingliz tillarida. Hoziroq yuklab oling.